★★★★★
Average rating on the App Store. Apple doesn't publish how many ratings each star has.
This app isn't in any of our charts yet.
- Yangi: kafolat bilan tarif. Kafolat holati va shartlari profilda ko'rinadi. - Progress endi barcha qurilmalarda sinxronlanadi. - Zaif mavzular va imtihonda xato qilingan mavzular ko'rsatiladi. - 3D avtodrom, savollar va yo'l belgilari yangilandi. - haydar.uz havolalari savol va biletlarni to'g'ridan-to'g'ri ilovada ochadi. - Xatolar tuzatildi va barqarorlik yaxshilandi.
Haydar — haydovchilik guvohnomasi imtihoniga tayyorlanishni oson, tushunarli va interaktiv darslar bilan o'qitadigan zamonaviy avtotest ilovasi. Prava olish uchun tayyorlanyapsizmi? Haydar orqali test ishlang, yo'l harakati qoidalarini (YHQ) tushunib o'rganing, xatolaringiz ustida ishlang va o'zingizni haqiqiy imtihondagidek his qilgan holda tayyorlaning. Haydar'da siz javoblarni shunchaki yodlamaysiz — har bir savol ortidagi qoida va mantiqni tushunib o'rganasiz. Ilovadagi savollar haqiqiy prava imtihoni formatida tayyorlangan bo'lib, bilimlaringizni bosqichma-bosqich oshirishga yordam beradi. ASOSIY IMKONIYATLAR • 1280+ prava test savollari Haydovchilik imtihoniga tayyorgarlik ko'rish uchun 1280 dan ortiq test savollarini ishlang va bilimlaringizni muntazam sinab boring. • Tajribali ustozlar tomonidan tekshirilgan savollar Har bir savol tajribali ustozlar tomonidan sinchiklab tekshiriladi. Savollarning aniqligi va mazmuniga alohida e'tibor qaratiladi, shuning uchun siz ishonchli materiallar asosida tayyorlanasiz. • Har bir savol uchun ovozli tushuntirish Javobni o'qish bilan cheklanib qolmang. Savolga berilgan ovozli tushuntirish orqali mavzuni tinglab tushuning va qoidalarni yaxshiroq eslab qoling. • Savolga oid izoh, qoida va yo'l belgilarini o'rganish Savolning javobini shunchaki yodlab qolmang. Har bir savolga tegishli izoh, qoida va yo'l belgilarini o'qib, nima uchun aynan shu javob to'g'ri ekanini tushunib o'rganing. • 42 ta interaktiv video dars Tajribali ustoz tomonidan tayyorlangan 42 ta interaktiv video dars orqali muhim mavzularni ko'rib o'rganing. Darsni ko'ribgina qolmay, mashqlar orqali o'rganganlaringizni darhol mustahkamlashingiz mumkin. • Avtodrom — 3D haydash simulyatori! Prava olish faqat test yechishdan iborat emas. Avtodromda mashinani virtual boshqarib, turli mashqlarni bajaring, haydash ko'nikmalaringizni sinang va amaliy imtihonga tayyorlaning. • Biletlar bo'yicha avtotest Har bir biletni alohida yeching va natijangizni biletlar jadvalida kuzatib boring. Qaysi biletlar hali qiyin ekanini darhol ko'rasiz. • Xatolar ustida ishlash rejimi Agar xato qilsangiz, ilova savolni eslab qoladi. Keyinchalik xato qilgan savollaringizni qayta ishlab, aynan qiynalayotgan mavzularingizni mustahkamlashingiz mumkin. • Haqiqiy imtihon hissini beradigan test rejimlari Maxsus test rejimlari orqali o'zingizni prava imtihonidagidek his qiling. Bilimingizni sinang, vaqtni to'g'ri taqsimlashni o'rganing va imtihonga ruhiy jihatdan ham tayyorlaning. • Reklamasiz va qulay test ishlash • Offline ishlash imkoniyati • Tezkor va zamonaviy interfeys • Muhim savollarni saqlash • Yo'l belgilarini o'rganish • 3 tilda qo'llab-quvvatlash O'zbek Kirill Rus ILOVA YORDAMIDA • Prava imtihoniga ishonch bilan tayyorlanasiz • 1280+ test orqali bilimlaringizni muntazam sinab borasiz • Savollarni shunchaki yodlamay, qoidalarni tushunib o'rganasiz • Ovozli tushuntirishlar orqali mavzularni yaxshiroq o'zlashtirasiz • 42 ta interaktiv video dars orqali bilimlaringizni mustahkamlaysiz • Xatolaringizni aniqlab, ular ustida qayta ishlaysiz • Yo'l belgilarini tez va oson o'rganasiz • Avtodrom orqali haydash ko'nikmalaringizni mashq qilasiz • Nazariy va amaliy imtihonga kompleks tayyorlanasiz KIMLAR UCHUN • Avto maktab o'quvchilari • Prava olmoqchi bo'lganlar • Haydovchilik imtihoniga tayyorlanayotganlar • Yo'l harakati qoidalarini o'rganayotganlar • Bilimini yangilamoqchi bo'lgan haydovchilar Haydar bilan shunchaki test yechmang — tushunib o'rganing, mashq qiling, bellashing va prava imtihoniga ishonch bilan kiring. Asosiy kalit so‘zlar: haydar prava prava test avto test avtotest haydovchilik imtihoni yhq testlari yo‘l harakati qoidalari yo‘l belgilari prava 2026 avto maktab Ma'lumot manbasi: LexUZ Yo'l Harakati Qoidalari https://lex.uz/docs/-5953883 Terms of Use (EULA): https://www.apple.com/legal/internet-services/itunes/dev/stdeula/ Privacy Policy: https://savriy.com/contact