Read full description
QarzGo — qarz daftaringiz endi telefoningizda. Daftar va ruchka o'rniga, mijozlaringizni va har bir qarz amaliyotini bir joyda yuriting.
KIMGA MOS:
• Do'kon va savdo egalari — mijozlar nasiyasini yuritish uchun
• Kichik biznes va xizmat ko'rsatuvchilar
• Shaxsiy qarzlarni (do'st, qarindosh) eslab qolish uchun
ASOSIY IMKONIYATLAR:
• Berdim / Oldim — har bir amaliyotni yozing, balans avtomatik hisoblanadi
• Mijoz bo'yicha aniq balans — kim sizdan, kim sizga qarzdor
• Muddatli qarzlar + o'z vaqtida eslatmalar (kechikkanlarini ko'rsatadi)
• Bir nechta do'kon va kassirlar — har kassirga alohida ruxsat va do'kon
• Hisobotlar — umumiy balans, do'kon va kassir kesimida
• Izoh, sana, summa — har bir amaliyot tafsiloti
• Bulutda xavfsiz saqlash — qurilmangizni yo'qotsangiz ham ma'lumot saqlanadi
• Telegram yoki apple xisobingizdan kiring
NEGA QARZGO:
• Tez va sodda — bir necha tegishda amaliyot qo'shasiz
• Xavfsiz — ma'lumotlar shifrlangan, hech kimga sotilmaydi
• O'zbek, rus va ingliz tillarida
Qarzlaringizni boshqarishni soddalashtiring — QarzGo bilan.