This app isn't in any of our charts yet.
Xatoliklar va kamchiliklar bartaraf etildi.
Qurilish loyihalari boshqaruvi
Obyektdan chiqmasdan boshqaring Kasaba Loyiha — qurilish obyektlarini boshqarish tizimining mobil ilovasi. Ish maydonida ko'rgan narsangizni o'sha yerda qayd etasiz: rasmga olasiz, yuklaysiz, tasdiqlaysiz. Ofisga qaytib "esimdan chiqibdi" degan gap yo'q. Nimalar bor • Obyektlar — bino, bo'lim qismi (AR · KONSTR · OViK · VK · EOM) va vazifalargacha to'liq ierarxiya. Kanban ko'rinishi, progress, fotogalereya. • Vazifalar — yaratish, taqsimlash, status o'zgartirish, izoh va fayl ilova qilish. Tasdiqlash zanjiri tizimga o'rnatilgan: noto'g'ri o'tish shunchaki mumkin emas. • Checklist va hujjatlar — telefon kamerasidan to'g'ridan-to'g'ri yuklash. Internet uzilsa yuklash to'xtagan joyidan davom etadi, boshidan boshlanmaydi. • Zamechaniyalar — kamerani ochib, suratga olib, o'sha zahoti yozib qo'yasiz. • Buxgalteriya to'liq — shartnomalar va etaplar, aktlarning 4 bosqichli tasdig'i, materiallar kirim-chiqimi va qoldig'i, pul harakati, to'lov grafigi. • Hisobotlar — sakkizta tayyor hisobot, XLSX va PDF ga eksport. • Manzilli dastur — yillik limit, choraklar bo'yicha taqsimot va limit tarixi. • Bildirishnomalar — o'zgarish bo'lgan zahoti xabar, bosgan joyingiz to'g'ridan-to'g'ri kerakli kartochkani ochadi. Har rolga o'z ekrani Direktor kompaniya bo'yicha KPI ko'radi, GIP tasdiq kutayotgan vazifalarni, muhandis o'z ishlarini, buxgalter kechikkan to'lovlarni. 14 rolning har biri uchun alohida bosh ekran — ortiqcha narsa ko'rinmaydi. Pul — tiyingacha aniq Moliyaviy summalar butun ilovada aniq hisob-kitob bilan ishlanadi. Buxgalteriyada yaxlitlash xatosi bo'lmaydi. Texnik Butunlay o'zbek tilida. Yorug' va qorong'i mavzu. iOS 15+ va Android 8+. Amaldagi kasaba-loyiha.uz tizimi bilan bir xil ma'lumot — web'da qilgan ishingiz telefonda, telefonda qilganingiz web'da.
Not enough data yet.
Google Play only. Downloads from daily Top free ranks (or the store's install count); in-app revenue from Top grossing ranks, calibrated on AppTweak's US estimates, or else from downloads; ads from public ad benchmarks. Not reported figures.