Similar apps
Compare allApp info
- Installs
- 500+
- Category
- Education
- Content rating
- Everyone
- Version
- 1.0.0
- Released
- Aug 30, 2026
- Last updated
- 4 Sept 2026
- In-app purchases
- No
- Contains ads
- No
- Promo video
- No
- Requires Android
- 7.0
Loading…
This app isn't in any of our charts yet.
• Chatni ochsangiz xabar o'qilgan bo'ladi — javob yozish shart emas. • Bildirishnoma bosilgach o'qilgan bo'lib qoladi, qaytib chiqmaydi. • Qo'ng'iroqcha soni darrov yangilanadi. • Ba'zi ekranlarda yo'q bo'lgan orqaga tugmasi qo'shildi. • Sessiya limitida parolni qayta terish shart emas. • Mentor: o'quvchining telefoni va Telegrami — bosib qo'ng'iroq qilish yoki yozish. • Mentor: faqat o'z guruhlari; ish jadvali faqat ko'rish uchun.
Shaxsiy mentor bilan jonli darslar, uy vazifalari va dars yozuvlari
Mentio - o'quvchi va mentorni bir joyga bog'laydigan o'quv platformasi. Darsga ulanish, vazifani topshirish, o'tgan darsni qayta tinglash va mentoringiz bilan yozishish - hammasi bitta ilovada. DARSLARINGIZ HAR DOIM KO'Z OLDINGIZDA Bosh sahifa eng muhim narsani birinchi ko'rsatadi: bugungi darsingiz. Dars boshlanganda kartochka o'zi jonlanadi va "Darsga ulanish" tugmasi faollashadi - sahifani yangilab o'tirishingiz shart emas. Bugun va ertaga bo'ladigan darslar shu yerda, to'liq jadval esa alohida bo'limda. JONLI DARS Mentor bilan video va ovozli aloqa. Mentor kerak bo'lganda ekranini ulashadi - kod, taqdimot yoki hujjat bo'lsin. Dars davomida savol berish uchun chat bor. UY VAZIFALARI Berilgan vazifalar, muddatlari va maximal ballari bir ro'yxatda. Fayl yoki rasm biriktirib topshirasiz, mentor tekshirgach baho va izoh ko'rinadi. Muddati yaqinlashgan vazifalar alohida belgilanadi. DARS YOZUVLARI O'tkazib yuborgan yoki qayta ko'rmoqchi bo'lgan darsingizni tinglang. Yozuvni telefonga yuklab, internetsiz ham eshitish mumkin. Darsga tegishli materiallar ham shu yerda. MENTOR BILAN ALOQA Mentoringizga to'g'ridan-to'g'ri yozing. Guruh chati va qo'llab-quvvatlash xizmati ham ilova ichida. O'Z NATIJANGIZNI KO'RING Davomat foizi, olingan baholar va kurs bo'yicha umumiy siljish - qancha dars o'tilgani va qanchasi qolgani ko'rinib turadi. MENTORLAR UCHUN Bugungi darslar va o'quvchilar ro'yxati bosh sahifada. Guruhlarni boshqarish, dars yaratish va boshlash, vazifalarni tekshirish va baholash, davomat va hisobotlar - barchasi ilovadan. Jonli darsda ekran ulashish mavjud, va dars mentor boshqa ilovaga o'tsa ham uzilmaydi. UCH TILDA Ilova o'zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi. Tilni istalgan vaqtda almashtirasiz. KIRISH Ilovaga telefon raqamingiz va parolingiz bilan kirasiz. Hisob ochish uchun o'quv markazingizga murojaat qiling. Mentio 16 yosh va undan katta foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Maxfiylik siyosati: https://mentio.online/legal/privacy Foydalanish shartlari: https://mentio.online/legal/terms Yordam: https://mentio.online/legal/support Akkauntni o'chirish: https://mentio.online/legal/account-deletion