★★★★★
Average rating on the App Store. Apple doesn't publish how many ratings each star has.
Where this app stands in Uzbekistan, updated 5 Nov 2026
Top free · All apps and games
#1 ▲1
Top paid
Not in this chart today
| Date | Free |
|---|---|
| 5 Nov 2026 | #1 |
| 4 Nov 2026 | #2 |
| 3 Nov 2026 | #2 |
| 2 Nov 2026 | #1 |
| 1 Nov 2026 | #1 |
| 31 Oct 2026 | #1 |
| 30 Oct 2026 | #1 |
| 29 Oct 2026 | #1 |
| 28 Oct 2026 | #1 |
| 27 Oct 2026 | #16 |
| 26 Oct 2026 | #17 |
| 25 Oct 2026 | #12 |
| 24 Oct 2026 | #12 |
| 23 Oct 2026 | #13 |
| 22 Oct 2026 | #11 |
| 21 Oct 2026 | #14 |
| 20 Oct 2026 | #20 |
| 19 Oct 2026 | #15 |
| 18 Oct 2026 | #17 |
| 17 Oct 2026 | #10 |
| 16 Oct 2026 | #15 |
| 15 Oct 2026 | #18 |
| 14 Oct 2026 | #12 |
| 13 Oct 2026 | #20 |
| 12 Oct 2026 | #15 |
| 11 Oct 2026 | #12 |
| 10 Oct 2026 | #18 |
| 9 Oct 2026 | #16 |
| 8 Oct 2026 | #15 |
Best rank in each country today. Click a country to see its graph.
UZ Uzum karta bilan har kuni ko'proq foyda. Korzinka Go'da xaridlar uchun 7% keshbekni qo'lga kiriting, shuningdek, ilovada uyali aloqa va TJMX to'lovi uchun keshbek oling hamda Uzum kartalari o'rtasida komissiyasiz pul o'tkazing. RU Больше выгоды каждый день с картой Uzum. Возвращайте 7% кешбэком за покупки в Korzinka Go, получайте кешбэк также за связь и ЖКУ при оплате в приложении и переводите деньги между картами Uzum бесплатно. EN Get more value every day with your Uzum Card. Earn 7% cashback on purchases at Korzinka Go, get cashback on mobile and utility bills when paying in the app, and transfer money between Uzum cards for free.
Uzum Bank — Uzum ekotizimining onlayn banki. Ilovani yuklab oling va shaxsingizni tasdiqlaganingizdan so‘ng darhol bepul Uzum virtual kartasini oling. U bilan hamma joyda to‘lov qilish mumkin, jumladan: bank ilovasida, do‘konlarda, muassasalarda, transportda va onlayn. Uzum karta Visa asosida ishlaydi, so‘mda — O‘zbekiston hududida xaridlarni konvertatsiyasiz va ortiqcha to‘lovlarsiz amalga oshirish uchun qulay. Uni ilova orqali istalgan bank kartalaridan bepul to‘ldirish mumkin. Plastik kartani buyurtma qiling — bir necha kun ichida Uzum Marketning qulay tarqatish punktiga bepul yetkazib beramiz — va undan naqd pul yeching. Karta orqali chet eldagi xaridlarni ham to‘lash mumkin. Xarajatlaringizni boshqaring va sarflaganingizni qisman qaytaring: barcha tranzaksiyalar va ularning tarixi doimo qo‘lingiz ostida. Mahsulotlar, xizmatlar va Toshkent metro va avtobuslarida yo‘l haqi uchun to‘lov qilganingizda — keshbek kartaga tushadi. Kerak bo‘lganda maoshgacha pul oling. Undan muddatli to‘lov va mikroqarzlik xaridlar uchun foydalanish mumkin — Uzum kartaga 25 000 000 so‘mgacha, onlayn va bir necha daqiqada oling. Kattaroq xarajatlar uchun qulay oylik to‘lov bilan 100 000 000 so‘mgacha kredit rasmiylashtiring. Arizani ilovada bering va bank ofisiga tashrif buyurmasdan pulni Uzum kartaga oling. Turli xil vaziyatlar uchun ilovada OSAGO, sog‘liq va sayohat sug‘urtasini rasmiylashtirish mumkin. Sug‘urta narxini hisoblang va polisni bir necha daqiqada onlayn rasmiylashtiring, to‘lovni esa darhol yoki muddatli to‘lov asosida amalga oshiring. Barcha shartlar va sug‘urta summasi to‘lovdan oldin ma’lum bo‘ladi, rasmiylashtirilgandan so‘ng esa polis doimo qo‘l ostingizda — Uzum Bank ilovasida bo‘ladi. Ilovada pul o‘tkazmalari mavjud: karta yoki telefon raqami orqali Uzcard va Humo kartalariga. Uzum kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar har doim bepul. Xalqaro pul o‘tkazmalari uchun qulay kurs amal qiladi. 12 000 dan ortiq hamkorlarimiz tovar va xizmatlari uchun QR-kod orqali yoki karta bilan joyida to‘lang. Uzum to‘lovni so‘rang: Uzum karta bilan keshbek olish yoki 30 kunga foizsiz nasiya bilan to‘lov qilish uchun. Mobil aloqa, internet, televideniya, metro va avtobus yo‘l haqi to‘lovlarini amalga oshirish mumkin. Shuningdek, kommunal xizmatlar — gaz, elektr, suv, chiqindi olib chiqish va boshqalar uchun to‘lang. Hamma ishlaringizni bitta ilovada hal qiling. Kartalar, valyuta ayirboshlash va boshqa foydali xizmatlar doimo yoningizda. Batafsil uzumbank.uz saytida. © 2019–2026, “Uzum Bank” AJ, O‘zbekiston Respublikasi MB litsenziyasi №88