★★★★★
Average rating on the App Store. Apple doesn't publish how many ratings each star has.
This app isn't in any of our charts yet.
Eslatmalarni yoqish osonlashdi: ilova avval qanday eslatmalar kelishini ko‘rsatadi. Kirishda xato bo‘lsa, endi uning aniq sababi ko‘rsatiladi. Kichik tuzatishlar va yaxshilanishlar.
Chet el ilovalarida oshni topish qiyin, topsangiz ham «go‘shtli guruch» bo‘lib chiqadi. Mezon O‘zbekistonda, o‘zimizning ovqat uchun qilingan. Osh, somsa, lag‘mon va do‘konlardagi 3 000 dan ortiq mahsulot bazada bor. Mahsulotni topasiz, grammni yozasiz, kaloriya va KBJU o‘zi hisoblanadi. Suratga qarab «taxminan 600 kkal» demaymiz. Kun bir qarashda Halqa kunlik normangizdan qancha qolganini ko‘rsatadi. Oqsil, yog‘ va uglevod alohida. Norma oshsa, ilova tanbeh bermaydi, yumshoq ogohlantiradi. Bazada yo‘q bo‘lsa Shtrixkodni skanerlang. U ham topilmasa, qadoqdagi yorliqni suratga oling: maydonlar o‘zi to‘ladi, siz faqat tekshirasiz. Uy ovqatini masalliqlardan bir marta yig‘ing, keyingi safar u qidiruvda chiqadi. Vazn, suv, qadam Vazn va tana o‘lchamlari grafikda. Suv bir bosishda qo‘shiladi. Qadamlar «Salomatlik» (Apple Health) ilovasidan olinadi. Yozuvlaringizni ko‘radigan yordamchi «Nega vaznim joyida turibdi?» deb so‘rang. Yordamchi umumiy maslahat bermaydi, kundaligingizga qaraydi. Masalan, hafta oxirlari o‘rtacha +480 kkal ortiqcha ketayotganini ko‘rsatadi. Yana • 7, 30 va 90 kunlik statistika • Shifokor yoki murabbiyga PDF hisobot • Ovqatni yozishni eslatib turadi • O‘zbek, rus va ingliz tilida Ro‘yxatdan o‘tmasdan boshlash mumkin. Apple, Google yoki Telegram orqali kirsangiz, telefon almashtirganda ham ma’lumotlar saqlanadi. Mezon shifokor emas. Kasalligingiz bo‘lsa, ovqatlanish maqsadini shifokor bilan kelishib oling.