★★★★★
Average rating on the App Store. Apple doesn't publish how many ratings each star has.
This app isn't in any of our charts yet.
Yangi o'zbek lotin alifbosi uchun klaviatura: Ö, Ğ, Ş va Ç harflari bitta bosishda. 2026-yil 21-oktyabrda imzolangan qonunga ko'ra o'zbek lotin alifbosida O‘, G‘, Sh, Ch o'rniga Ö, Ğ, Ş, Ç harflari ishlatiladi. Yangi Alifbo klaviaturasi bilan ularni hech qanday qiyinchiliksiz yozasiz. ASOSIY IMKONIYATLAR - Tanish tartib — oddiy o'zbekcha klaviatura, faqat O‘ G‘ Sh Ch o'rnida Ö Ğ Ş Ç turadi - Yozganda o'zi almashtiradi: odatdagidek "o'zbek", "shahar", "choy" deb yozing — bo'sh joy bosilganda "özbek", "şahar", "çoy" ga o'tadi - Kerak bo'lmasa — darhol o'chirish tugmasini bosing, so'z asl holiga qaytadi (masalan, inglizcha "shop") - Ko'p yozadigan so'zlaringizni eslab qoladi va taklif qatorida ko'rsatadi - Globus (til) tugmasi 4 tartibni almashtiradi: yangi alifbo raqamlar qatori bilan, raqamlarsiz, kirill va eski lotin - Kirill tartibida rus harflari ham bor (ы щ э ё ъ) — ruscha yozish uchun boshqa klaviatura kerak emas - Eski lotin (O‘ G‘ Sh Ch tugmalari) so'zlarni almashtirmaydi — inglizcha so'zlar uchun qulay - Bufer tarixi: nusxalangan matnlar bir bosishda qo'yiladi, keraklilarini mahkamlab qo'yish mumkin - Kunduzgi va tungi mavzu - Havolalar, @username, #teg va e-mail manzillari o'zgartirilmaydi MAXFIYLIK - Klaviaturada internet bilan ishlaydigan kod yo'q — yozgan matningiz telefondan chiqmaydi - Eslab qolingan so'zlar faqat telefoningizda saqlanadi va iCloud zaxirasiga tushmaydi - Parol maydonlarida klaviatura ishlamaydi — iPhone o'zining klaviaturasini ko'rsatadi - "To'liq ruxsat" (Full Access) shart emas: usiz ham hammasi ishlaydi, u faqat bufer tarixi va tebranish uchun kerak - Reklama va kuzatuv yo'q QANDAY YOQILADI 1. Ilovani oching va "Sozlamalarni ochish" tugmasini bosing 2. "Klaviaturalar" bo'limida "Yangi Alifbo klaviaturasi" ni yoqing 3. Istalgan ilovada klaviatura ostidagi globus (til) belgisini bosib, "Yangi Alifbo" ni tanlang Yangi Alifbo — @YangiAlifboUzBot Telegram boti, kompyuter dasturi va Android klaviaturasi bilan bitta loyiha. Hammasida bir xil o'girish qoidalari ishlaydi. Taklif va savollar: Telegram kanalimiz izohlariga yozing — t.me/yangi_alifbo_uz Ilova davlat tashkilotiga tegishli emas va rasmiy davlat ilovasi hisoblanmaydi.