This app isn't in any of our charts yet.
Ilovaning dastlabki rasmiy talqini (ilk reliz). - O'zbek milliy kurashi nazariyasi va metodikasi - Interaktiv test sinovlari - Rasmiy qoidalar, iboralar va atamalar
O‘zbek milliy kurashi nazariyasi, uslubiyoti, qoidalari va test sinovlari.
Kurash Professional — o‘zbek milliy kurashining boy tarixi, nazariy asoslari, zamonaviy o‘qitish uslubiyoti va amaliy qoidalarini o‘zida jamlagan mukammal elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanma. Ushbu ilova kurash bo‘yicha mutaxassislar, murabbiylar, hakamlar, jismoniy tarbiya fakulteti talabalari, magistrlar hamda milliy sportimizga qiziqqan barcha sport ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan. Ilovaning asosiy bo‘limlari va imkoniyatlari: Nazariya va tarix: Kurashning paydo bo‘lish davrlari, qadimiy manbalar va milliy an’analar, mustaqillik yillarida kurashning xalqaro miqyosga ko‘tarilishi va taraqqiyot bosqichlari. Trener mahorati va uslubiyot: Sport murabbiyining ko‘p funksiyali kasbiy-pedagogik faoliyati, mashg‘ulotlarni to‘g‘ri rejalashtirish hamda yosh polvonlarni tarbiyalash tamoyillari. Qoidalar, iboralar va ishoralar: Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) tomonidan qabul qilingan rasmiy atamalar, gilam ustidagi hakamlik ishoralari va bellashuv tartib-qoidalari. Interaktiv test sinovlari: Har bir mavzu bo‘yicha olingan bilimlarni mustahkamlash uchun mo‘ljallangan bosqichma-bosqich testlar va natijalarni nazorat qilish imkoniyati. Foydalanilgan adabiyotlar: Mavzular bo‘yicha rasmiy manbalar va ilmiy-uslubiy adabiyotlar ro‘yxati. Oflayn rejim: Barcha o‘quv materiallaridan istalgan vaqtda internetga ulanmasdan ham bemalol foydalanish qulayligi. Muallif haqida: Ushbu ilova SamDU Jismoniy madaniyat fakulteti magistri, Samarqand davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti Ashirov Anvar Azamat o‘g‘li tomonidan tayyorlangan ilmiy va uslubiy materiallar asosida ishlab chiqilgan. Milliy merosimiz hisoblangan kurash sirlarini puxta o‘rganing va kasbiy mahoratingizni biz bilan oshiring!
past month, based on 1 day
Downloads
Low confidence4
From install count ÷ months since release
In-app revenue
$0
No in-app purchases
Ads
$0
No ads
Total
$0
In-app + ads
Google Play only. Downloads from daily Top free ranks (or the store's install count); in-app revenue from Top grossing ranks, calibrated on AppTweak's US estimates, or else from downloads; ads from public ad benchmarks. Not reported figures.